10:44 / 01.05.2023
265

Toshkentda maktab o‘quvchilari Amerika kinosidagi kabi mushtlashuv uyushtirdi

Toshkentda maktab o‘quvchilari Amerika kinosidagi kabi mushtlashuv uyushtirdi
Kadr: Telegram
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Olmazor tumanidagi 134-maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi mushtlashuv videosiga munosabat bildirdi.
 
Ma’lum qilinishicha, videodagi voqea bundan bir yarim oy muqaddam, 15 mart kuni 134-maktabning orqa tomonidagi stadionda yuz bergan.
 
Maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilaridan bir guruhi Amerika kinosiga taqlidan o‘zaro “mushtlashuv” uyushtirib, tasvirga olgan. Voqeadan xabardor bo‘lgan maktab ma’muriyati o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarini yig‘ib, muloqot o‘tkazgan.
 
Ta’kidlanishicha, o‘quvchilar bunday ahmoqona xatti-harakatlari uchun kechirim so‘ragan va o‘sha kuniyoq o‘zaro kelishib ketgan. Hozirda ularning o‘zaro munosabatlari do‘stona, darslarda muntazam qatnashib kelishmoqda.
 
Bu voqea yuz berganidan beri qariyb ikki oy vaqt o‘tgach, video tasvirlarni tarqatishdan kimga qanday naf?! O‘quvchilar o‘rtasiga nifoq solishdan yoki maktab ma’muriyati, ta’lim sohasi xodimlari dilini xira qilishdan kimdir rohatlanadimi?!”, — deyiladi rasmiy munosabatda.
 
Videodagi holat bo‘yicha Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda maktab o‘quvchilari Amerika kinosidagi kabi mushtlashuv uyushtirdi