14:50 / 03.05.2023
115

Tadbirkorlar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar daxlsizligini buzganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin

Tadbirkorlar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar daxlsizligini buzganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin
Foto: Senat.uz
Senatning qirqinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun ma’qullandi.
 
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqishdi. Mazkur qonun bilan tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki olib qo‘yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanyapti.
Xususan, qonunda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha modda kiritilib, bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini tadbirkorlik subyektlarining roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pulni o‘z vaqtida qaytarmaslik holati bo‘yicha aybdorga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solinishi qayd etilmoqda.
 
Shuningdek, qonun bilan tadbirkorlarning pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik yuzasidan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha modda kiritilib, unga ko‘ra mazkur holatlar ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin ham sodir etiladigan bo‘lsa, sodir etilgan jinoyatning toifasiga qarab bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
 
Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini noqonuniy o‘tkazish yoki olib qo‘yish, shuningdek ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik holatlari uchun qonunchilikda javobgarlik choralari aniq belgilanmagan. Mamlakatimizda 530 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda. Agar ularda mehnat qilayotganlar soni inobatga olinsa, qonunchilikdagi mazkur o‘zgartishlar millionlab kishilarning manfaatlariga bevosita va bilvosita daxldor ekanligini tushunish qiyin emas. Kiritilayotgan mazkur normalar birinchi navbatda, soliq organlari, banklar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga katta mas’uliyat va javobgarlik yuklaydi”, — deya ta’kidladi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar daxlsizligini buzganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin