11:46 / 06.05.2023
2 409

Payg‘ambarimiz alayhissalom necha marta umra va haj qilganlar?

Payg‘ambarimiz alayhissalom necha marta umra va haj qilganlar?
CAVOL:
Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam necha marta Umra va necha marta Haj amallarini bajarganlar?
 
 
JAVOB:
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hijratdan so‘ng to‘rt marta umra, bir marta haj qilganlar.
Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Anasdan: "Rasululloh sallallohu alayhi vasallam necha marta haj qilganlar?" deb so‘radim. "Bir marta. To‘rt marta umra qilganlar. Hammasi Zulqa’dada. Ammo hajlari unday emas. Hudaybiyadan (yoki Hudaybiya zamonidagi) qilingan umra Zulqa’dada. Undan keyingi yildagi umra Zulqa’dada. Ji’ronadan, Hunayn o‘ljalarini taqsim qilgan joylaridan qilingan umra ham Zulqa’dada. Va hajlari bilan birga qilingan umra", dedi" (Imom Termiziy rivoyatlari).
Izoh: Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam Islomda haj farz bo‘lganidan keyin bir marta vidolashuv hajini ado etganlar. Ammo haj farz bo‘lmasidan avval Makkada bo‘lgan chog‘larida ikki marta haj qilganlar. Vallohu a’lam.
 
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat