14:57 / 06.05.2023
239

Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan yerosti baliq yetishtirish sexi topildi

Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan yerosti baliq yetishtirish sexi topildi
Foto: Hududgazta’minot
Toshkent viloyatida yerosti baliq yetishtirish sexi topildi. Bu haqda "Hududgazta’minot" matbuot xizmati xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, "Hududgaz Toshkent" gaz ta’minoti filiali xodimlari Zangiota tumani “Ulug‘bek” MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish obyektining gaz ta’minoti tizimini o‘rganib chiqqan.
 
Jarayonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining binosida baliqlarni yetishtirish uchun sun’iy suv havzalari (hovuzlar) qurilganligi aniqlandi.
 
Xabarda aytilishicha, ushbu hovuzlardagi suvni isitish uchun isitish tizimi o‘tkazilganligi va tabiiy gaz noqonuniy ravishda ishlatilgani ma’lum bo‘lgan.
 
Ushbu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilgan va 756 million so‘mlik gaz hajmlari dastlabki hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar Toshkent viloyat prokuraturasiga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat