Qashqadaryodagi metan zapravkada Nexia-2 gaz balloni portlab ketdi

Qashqadaryodagi metan zapravkada Nexia-2 gaz balloni portlab ketdi
Qashqadaryodagi metan zapravkada Nexia-2 gaz balloni portlab ketdi
Foto: Telegram
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi gaz quyish shoxobchasida 6 may kuni Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Konchilar” MFY hududida joylashgan “Avtogaz” avtomobillarga gaz (metan) quyish shoxobchasida Nexia-2 rusumli avtomobilning gaz balloniga gaz quyish vaqtida yorilish (portlash) sodir bo‘lgan.
 
Natijada avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.
 
Avtomashina yaqinida bo‘lgan bir nafar fuqaro yengil darajada tan jarohati olgan va u zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar