336
Zangiotadagi hibsxonada saqlanayotgan mahbus tergov paytida qiynog‘ga solinganini ma’lum qildi
![Zangiotadagi hibsxonada saqlanayotgan mahbus tergov paytida qiynog‘ga solinganini ma’lum qildi](/uploads/posts/2023-05/2023-05-072001_47_35.jpg)
Foto: Ombudsman axborot xizmati
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-son tergov hibsxonasida monitoring tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi.
O‘rganish davomida Jinoyat kodeksining 164-moddasida (bosqinchilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qamog‘ga olingan D.T. va 2511-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib, qamog‘ga olingan H.A. bilan yakka tartibda xoli suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida har ikki shaxs ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi haqida tarqatilgan xabarlarni tasdiqladi. Xususan, D.T.ning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan Namangan viloyati Pop tumani ichki ishlar bo‘limida va keyinchalik Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazilgan.
Qiynoqlar natijasida aybiga iqror bo‘lgan va olgan tan jarohatlarini ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yetkazilganligi bo‘yicha ko‘rsatma bermagan. Uning qiynog‘ga solingani haqida keyinchalik advokati xabar qilgan. Shuningdek, u ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy qiynog‘ga solinganini tasdiqlovchi asosli dalillari mavjudligini ma’lum qilgan.
Ombudsmanning monitoring tashrifi yakunlariga ko‘ra, D.T.ning qiynog‘ga solingani holati yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va qonuniy o‘tkazilishining ta’minlanishi yuzasidan Bosh prokuraturaga nazorat xati kiritildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar