10:13 / 07.05.2023
320

Samarqandda haydovchi bola o‘g‘risi ekanini aytib, voyaga yetmagan qizlarni qo‘rqitdi (video)

Samarqandda haydovchi bola o‘g‘risi ekanini aytib, voyaga yetmagan qizlarni qo‘rqitdi (video)
Samarqand shahrida Jiguli haydovchisi bola o‘g‘risi ekanligini aytib, voyaga yetmagan qizlarni qo‘rqitdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
 
Xabarga ko‘ra, voqea 3 may kuni Samarqand shahar Marokand ko‘chadida sodir bo‘lgan. Voqea joyi yaqinidagi kuzatuv kamerasidan yozib olingan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi. Videoda mashina kelib to‘xtaganini, haydovchi voyaga yetmagan qizlarga gapirganini ko‘rish mumkin. Qizlar uni ko‘rib qochib ketgan. Ko‘p o‘tmay huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan mashina haydovchisi qo‘lga olingan va u sudga keltirilgan. Biroq sudda aybdor voqea butunlay boshqacha bo‘lganini aytgan.
 
"Qayrilganimda hamkasb ayolni ko‘rdim. To‘xtadim, qarasam besh-o‘n metr uzoqroqdan ikki qiz bor edi. Tushib qaytib keldim, eshikni ochsam ular menga qarab o‘tiribdi. Siz Fotima Zuhramisiz, deb so‘radim. Baland ovozda so‘radim. Birdan ikkovi shokka tushdi. Ariqdan o‘tsam ikkovi qiy-chuv etib qochdi. Men ularning ortidan qochganim ham yo‘q. To‘xta jiyanim, qo‘rqma deyapman ikkovi ham qochib ketaverdi”,— degdi haydovchi.
 
Tergovga qadar tekshiruv olib borilganda haqiqatdan ham ushbu shaxs voyaga yetmagan qizlarning yo‘lini to‘sib qo‘rqitgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand sudiga yuborildi. Sudda aybdor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi va 10 sutkaga qamaldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat