18:00 / 11.05.2023
271

Toshkentda beton ustunga urilgan Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentning Yangihayot tumanida beton ustunga urilgan Nexia-2 ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 11-may kuni  soat 07:30 larda Toshkent aylanma yo‘lining 4P21 yo‘lida yuz bergan. 2000-yilda tug'ilgan  A.A. Nexia-2 avtomashinasini haydab ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga urilgan.

Oqibatda avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat