date
views 147

Yangiyo‘l shahrida 37 ta fuqarolarga kompensatsiya pullari undirib berildi

Yangiyo‘l shahrida 37 ta fuqarolarga kompensatsiya pullari undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman-shahar bo‘limlari tomonidan kompensatsiya bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 
Jumladan Yangiyo‘l shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining 2023 yil 25 fevraldagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Yangiyo‘l shahar hokimligidan, undiruvchi Sh.Djurayev foydasiga 1 mlrd. 165 mln. 259 ming so‘m kompensatsiya undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.
 
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida Yangiyo‘l shahar xokimligining barcha hisob raqamlariga taqiq qo‘yilib, xokimlikga tegishli 5 turdagi avtotransport vositalari xatlanib, band solingan.
 
Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida 27.04.2023 yilda jami 1 mlrd. 165 mln. 259 ming so‘mdan ortiq kompensatsiya puli undiruvchining plastik karta raqamiga o‘tkazib berilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘l shahrida 37 ta fuqarolarga kompensatsiya pullari undirib berildi