Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida “Jiguli”da yong‘in chiqib, portlab ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat FVB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 13 may kuni soat taxminan 20:43 larda Chiroqchi tumani “Choshtepa” MFY Sayidobod ko‘chasida “Vaz-2101” mashinasi yonayotgani to‘g‘risida tumani FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, zudlikda bitta yong‘in qutqaruv ekipaji soat taxminan 20:47 larda manzilga yetib borgan va yong‘inni soat 20:55 larda to‘liq bartaraf etgan.
Пропан баллони бор машина одамлар видеога олаётган пайт портлаб кетди (Чироқчи тумани) pic.twitter.com/V5ntWoEfJU
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) May 14, 2023
Ma’lum bo‘lishicha ushbu avtomobil Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro A.T. boshqaruvida bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sabablari va zarari aniqlanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar