16:00 / 14.05.2023
401

Maktab o‘quvchilari ovqati orasiga dori solganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Maktab o‘quvchilari ovqati orasiga dori solganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qoraqalpog‘istonda keytering usulida yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan tabletka ko‘rinishida dori vositalari chiqqani haqida xabar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
 
Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida aniqlanishicha, bir guruh shaxslar keytering usulida oziq-ovqat ta’minotini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga nisbatan tuhmat uyushtirish orqali ularni obro‘sizlantirish maqsadida, 3 ta holatda ichiga dori vositalari joylashtirilgan bulka va pryanik mahsuloti, go‘yoki Ellikqal’a va Beruniy tumanlaridagi ta’minotchilar tomonidan tarqatilgani haqidagi iddaolar bilan «Antikorrupsiya» telegram kanaliga asossiz va noxolis ma’lumotlar joylashtirilishiga erishib, tadbirkorlik subyektlarining ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazgan.
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 3-qismi «g» bandi (tuhmat) va 192-moddasi (raqobatchini obro‘sizlantirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Jinoyat ishi tergovi yakuniga ko‘ra, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etiladi.
 
Tergovga taalluqli boshqa ish tafsilotlari jinoyat holatlarini aniqlash va fosh etishga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi inobatga olinib, oshkor etilmasligi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat