Navoiy shahrida yashovchi qizning shaxsiy video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormoqchi bo‘lgan tovlamachi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonida IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.T. «S.S.» ismli qizning shaxsiy video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 3 mln so‘m talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar