16:00 / 18.05.2023
225

Lacetti avtomashinasini haydash uzog‘ga bormadi...

Lacetti avtomashinasini haydash uzog‘ga bormadi...
Majburiy ijro byurosining Paxtakor tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining fuqaro J.Normurodovdan “Kapitalbank” ATB foydasiga 69 mln. 211 ming so‘m undirish hamda undiruv qarzdorga tegishli Lacetti rusumli avtomashinaga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi 26.04.2023 yilda kelib tushgan, shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, J.Normurodov qarzdorlikni ixtiyoriy to‘lamaganligi sababli, unga tegishli Lacetti rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
 
Kelgusida ushbu avtomashina elektron-onlayn auksionlarida sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorlik qoplanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lacetti avtomashinasini haydash uzog‘ga bormadi...