18:08 / 18.05.2023
301

Uyimizga keling...

Uyimizga keling...
UYIMIZGA KЕLING
Opa, ahvolingiz yaxshimi ayting,
Qo‘ng‘iroq qilolmay qolaman har kun.
Ishim ko‘p so‘zini yodlab olganman,
Keling uyimizga diydorlar uchun.
Aka, sochingizga oralabdi oq,
Charchagan odamday turibsiz nechun.
Bir marta suyanib, uka deb menga,
Keling uyimizga diydorlar uchun.
Singlim, nima gaplar, ayta qol singlim,
Yo‘qlab borolmadim iltimos tushun.
Ertadan kechgacha ishdaman bilsang,
Kelgin uyimizga diydorlar uchun.
Uka, ukajonim, ishongan tog‘im,
Ko‘nglim xotirjamdir sen menga ustun.
Ota va onamni xursand qilay deb,
Kelgin uyimizga diydorlar uchun.
Jigarlar jam bo‘ling, keling mehmonga,
Bo‘laylik hammamiz bag‘rimiz butun.
Bolalik davriga qaytib bir lahza,
Keling uyimizga diydorlar uchun.
Manba: @Aptekauz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyimizga keling...