395
Xitoy O‘zbekistondagi sho‘rlangan yerlarda yangi uslubda mahsulot yetishtirishni taklif qildi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyda Guandun Okeanologiya universiteti rektori Pan Sinsyan boshchiligidagi ilmiy doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Aziz Voitov uchrashuv ishtirokchilariga bugungi kunda O‘zbekistonda ilm-fanning ishlab chiqarishga integratsiyasi, aqlli agrotarmoqni barpo etish yo‘lida tashlangan qadamlar, sohani raqamlashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda geoaxborot tizimini rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalarni taqdim etdi.
O‘z navbatida, Okeanologiya universiteti rektori o‘zbek olimlari, agrar tarmoq mutaxassislari bilan amaliy hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Aniq takliflar ham berildi: o‘zbek-xitoy laboratoriyasini tashkil qilish.
Asosiy e’tibor aynan laboratoriya tekshirishlari natijasida mamlakatda sho‘rlangan yerlarda qaysi mahsulot yetishtirish mumkin, ularni qaysilarini yer imkoniyatlariga moslashtirish mumkin, talab va taklifdan kelib chiqib iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda 2-3 marotaba hosil olish, takroriy ekinlardan samarali foydalanish masalalariga qaratiladi.
Buning uchun universitet delegatsiyasi shu yilning iyun oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini bildirdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Okeanologiya universiteti rektori Pan Sinsyan bilan yuqoridagi masalalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi