
2023 yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Agentlikka ko‘ra, hisobot davrida eng ko‘p qo‘shni davlatlar – Tojikiston (623,8 ming), Qozog‘iston (558,8 ming), Qirg‘iziston (487,7 ming) va Turkmaniston (14,2 ming)dan turistlar tashrif buyurgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga Rossiya (207,7 ming), Turkiya (29,7 ming), Janubiy Koreya (9,2 ming), Hindiston (8,3 ming), Xitoy (6,3 ming) hamda Germaniya (5,7 ming) davlatlaridan ham turistlar oqimi qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar