
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 105 km/soat tezlikda harakatlangan Malibu radarga tushdi. Jarimasi esa Damas'ga yozildi. Bu haqda avtobloger Maqsud Muzaffarov ma’lum qildi.

Foto: Maqsud Muzaffarov
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qoidabuzarlik 2023 yilning 6 may kuni viloyatning G‘uzor tumanida sodir etilgan bo‘lib, holat YPX inspektori Saidislombek Shodixonov tomonidan rasmiylashtirilgan.
Blogerning yozishicha, mazkur voqea jamoatchilikka oshkor etilgach, Malibu haydovchisi aybini tan olib, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga borgan.
“Postimizdan so‘ng Malibu haydovchisi bu yerda uning aybi borligini aytib, Damas avtomobilining davlat raqamini Malibu avtomobiliga taqib, harakatlanganini tan olibdi. Va viloyat 'GAI'ga bu haqda ma’lumot berib, aybini tan olgan holda bugun viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga borayotgan ekan”, — deydi bloger bu haqda.
Maqsud Muzaffarov haydovchining aybini tan olganini olqishlab, YPX inspektori Damas va Malibu’ni bir-biridan ajratolmaydimi deya savol bergan.
“Malibu haydovchisining aybini tan olishi, mardlik qilgani mayli, ammo shu hujjatni rasmiylashtirayotgan 'GAI' rasmdagi Damas mashinasi emas, Malibu ekaniga aqli yetmadimi?”, — deydi bloger.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar