
23 may kuni O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami, mashhur sportchi Aida Hasanova 39 yoshida to‘satdan vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, sportchi kosmetologik operatsiya davomida noto‘g‘ri dori vositasi qo‘llanilishi oqibatida shokka tushgan. Biroz vaqt o‘tgach, u 16-shahar shifoxonasiga olib borilgan. Hasanova taxminan kechki soat 19:00 larda shifoxonada vafot etgan.
Aida Hasanova 1983 yil 4 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
U qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi, 2001-2006 yillarda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. 2005 yilda Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan.
2014 yilda Aida O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib uch qurol turi bo‘yicha xalqaro qilichbozlik hakami bo‘lgan. O‘sha yildan boshlab u Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining hakami sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar