
Bugun yurtimiz bo‘ylab barcha o‘rta ta’lim muasassalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda nafaqat o‘quvchi,pedagog va ota onalar balki keng jamoatchilik va davlat organlari, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ham ishtirok etmoqda.
Jumladan, bugun Chirchiq shahridagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Majburiy ijro byurosining Chirchiq shahar bo‘limi boshlig‘i Abdumutal Nurmatov ham ishtirok etdi.
Tadbirda, A.Nurmatov maktab bitiruvchilarini tabriklab, mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk qadamlari bilan qutladi va hamisha o‘z oldilariga yuqori marralarni qo‘yishi, kelgusi o‘qishlarida, o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga kirishda muvaffaqiyat tiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar