00:48 / 27.05.2023
89

Shavkat Mirziyoyev Chilonzordagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘ldi.

Bu maskan 2019-yilda xorijiy kompaniyaga ijaraga berilgan edi. O‘tgan vaqtda 12 million dollarlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, sharoitlar yaxshilandi. 43 ta yangi attraksion o‘rnatilib, uch yuzdan ziyod ish o‘rni yaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ilgari bog‘ga kuniga 30 ming atrofida mehmon kelgan bo‘lsa, rekonstruksiyadan so‘ng o‘rtacha 60 ming kishi tashrif buyurmoqda. Davlat rahbari bog‘ bo‘ylab yurib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bolalarga mehr ko‘rsatib, ezgu tilaklar bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Chilonzordagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘ldi
ePN