Qamchiqda tormozi ishlamay qolgan «Isuzu» 4 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi

Qamchiqda tormozi ishlamay qolgan «Isuzu» 4 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi
Qamchiqda tormozi ishlamay qolgan «Isuzu» 4 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi
Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Bugun, 27 may kuni soat 15:25 larda A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni 250-kilometrida «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Isuzu» yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolgan.

Qamchiqda tormozi ishlamay qolgan «Isuzu» 4 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi

Ushbu holat oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu yo‘nalishda turgan Kia, «Damas» va 2 ta «Kobalt» avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan va uch nafar fuqaro tan jarohati bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.

Qamchiqda tormozi ishlamay qolgan «Isuzu» 4 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar