
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati
Toshkent shahridagi yerosti yo‘lida to‘y kortejidagi mashinalar xavfli manyovr uyushtirdi. Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
26 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi yerosti yo‘llarining birida to‘y kortejidagi mashinalar xavfli manyovr qilib harakatlangani aks etgan video tarqalgandi. Tasvirlarda mashinalar bir-birini quvib o‘tayotganini ko‘rish mumkin.
Mazkur video xodimlar tomonidan o‘rganilib, Lacetti haydovchisi 2001 yilda tug‘ilgan J.R. hamda 4 ta Mersedec-Benz haydovchilari 2000 yilda tug‘ilgan J.Y., 1988 yilda tug‘ilgan Sh.X., 1996 yilda tug‘ilgan D.Q. va 1984 yilda tug‘ilgan A.X.ga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar