date
views 459

Kitob tumanida fermerning g‘alla ekilgan maydonida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Kitob tumanida fermerning g‘alla ekilgan maydonida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi g‘alla maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inda taxminan 1 gektar yer maydonidagi g‘alla yongani aytilmoqda.

[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1662793302666510336?s=20]

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maʼlumot berishicha, yong‘in kecha, 27-may kuni Oyoqchi qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

27 may kuni soat 15:11 larda Kitob tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga ‘Zarafshon’ MFY, Minjil qishlog‘ida joylashgan ‘Ayoqchi’ fermer xo‘jaligiga qarashli ochiq dalada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 15:58 larda voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 16:50 larda bartaraf etgan. Yong‘in oqibatida fermer xo‘jaligiga qarashli taxminan 1 gektarga yaqin g‘alla maydoni zarar ko‘rgan”, — deyiladi rasmiylar maʼlumotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, mahalliy aholi va yong‘in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari bilan ekin maydonga yondosh bo‘lgan qariyb 15 gektar ekin maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kitob tumanida fermerning g‘alla ekilgan maydonida yong‘in sodir bo‘ldi (video)