
Foto: Sirdaryo viloyat FVB
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida harakatlanib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 27 may kuni soat 17:45 da Mirzaobod tumani hududidagi Guliston-Gagarin yo‘nalishi 4-R 18 A-373 yo‘lining 10-kilometrida sodir bo‘lgan. Yong‘indan avtobusning dvigatel va salon qismi yongan. Hodisa joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:52 da yetib borib, soat 18:02 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Yong‘in avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar