11:35 / 30.05.2023
1 104

Xorazmlik ayol eriga 26 marotaba pichoq urib, uni o‘ldirdi

Xorazmlik ayol eriga 26 marotaba pichoq urib, uni o‘ldirdi
Kadr: Telegram
Xorazm viloyatida ayol oilaviy kelishmovchiliklar sabab eriga 26 marotaba pichoq urib, uni o‘ldirdi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida ma’lum qilingan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu shar’iy nikohda yashab kelgan er-xotinning ikkisini ham ikkinchi turmushi bo‘lgan. Erining qarzi, xotini nomiga olingan kreditlar natijasida oilaning tez-tez tinchligi buzilib, janjallar ko‘paygan. Shu kabi janjallarning birida erkak xotiniga kreditlarni qanday ish qilib bo‘lsa ham to‘lashi kerakligini aytgan.
 
Bu voqealardan keyin ayol erini o‘ldirish rejasini tuzib, jinoyat sodir bo‘lgan kuni ayol oldindan yotoqxonaga yashirib qo‘yilgan oshxona pichog‘i bilan uxlab yotgan eriga urgan. Erkak o‘rnidan turib, qarshilik ko‘rsatganida ayol unga yana 26 marotaba pichoq sanchgan.
 
O‘zimni uyim bor, 1,4 million so‘mdan to‘layman dedi. U ham o‘zining uyi emas ekan, ijara bo‘lib chiqdi. Xotini bilan ajrashmagan, 'ZAGS' ham bekor bo‘lmagan ekan… Sog‘lomlashtirish markaziga bor, erkaklarni massaj qilib, pul top dedi. U yerdagi vaziyatni ko‘rib qaytib keldim… Xotini bilan telefonda gaplashib yuraverdi, hamma narsa ruhiyatimga kuchli ta’sir qildi. Aldanganim, xo‘rlanganim, bir firibgarning tuzog‘iga tushib, mana shu jinoyatga qo‘l urdim”, — deydi ayblanuvchi ayol.
 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi hukmi bilan ayblanuvchi M.B. Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v, j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmlik ayol eriga 26 marotaba pichoq urib, uni o‘ldirdi
ePN