date
views 883

Kelin qaynotasining xizmatini qilishi haqida

Kelin qaynotasining xizmatini qilishi haqida
SAVOL:
Kelin qaynotasining ichki kiyimlarini yuvmaslikka haqlimi?
 
JAVOB:
Kelin qaynota va kaynonaning xizmatini qilishi, duolarini olishi oilaning tinch-barakotli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, buni g‘animat bilish kerak. Agar qaynotaning kiyimlarini yuvishga hech kim bo‘lmasa, kelin yuvishida shar’an mone’lik yo‘q.
 
Lekin xizmatni ham chegarasi bo‘ladi. Kelinga xizmat qildirishda shariat doirasidan tashqari ish qilish turli noxushliklarga sabab bo‘lmoqda. Qaynota maykalarini yechib, kelinga massaj qildirishi, kalta ishtonda yotib, oyoqlarini uqalatishi kabi o‘zbek millatida hech qachon eshitilmagan, shariatga zid ishlar sodir bo‘lmoqda. Aslida bu kabi xizmatlar kelinning vazifasi sanalmaydi. Vallohu a’lam.
 
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelin qaynotasining xizmatini qilishi haqida