20:02 / 31.05.2023
121

Mas’uliyatini anglagan otalar farzandlariga befarqmas

Mas’uliyatini anglagan otalar farzandlariga befarqmas
Anvarjon Rasulov yaxshi niyat bilan oila qurdi. Dastlabki yillarda oilasi bilan ahil-inoq bo‘lib hayot kechirishdi. Orada bir nafar farzand dunyoga kelib, uni oq yuvib oq tarashdi. Nima bo‘ldi-yu, oilaga turli sabablar bilan bilan darz ketdi. Kattalar, mahalla-ko‘y oilani yarashtirish payida bo‘lishdi. Lekin “qars ikki qo‘ldan” chiqmadi shekilli, oila butligini saqlab qolishni imkoni bo‘lmadi.
 
Noiloj Anvarning turmush o‘rtog‘i sudga aliment undirish yuzasidan sudga murojaat qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud Anvar Rasulovdan bir nafar farzandi uchun aliment undirish yuzasidan qaror chiqardi.
 
Mazkur ijro varaqa Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi va davlat ijrochisi tomonidan har oyida farzandi moddiy ta’minoti uchun belgilangan qarzdorlikni oyma-oy undirib berdi. Farzandi tobora katta bo‘layotganini ko‘rgan ota ma’suliyatini anglab, to voyaga yetgunga qadar to‘lashi yuzasidan murojaat qildi. Uning bu arizasi atroflicha ko‘rib chiqilib, davlat ijrochisi tomonidan 2027 yilga  qadar hisoblab berdi. Kuni kecha ota hisoblangan 83.500.000 so‘mni bir yo‘la to‘lab, bo‘ynidagi ma’suliyatini ado etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mas’uliyatini anglagan otalar farzandlariga befarqmas
ePN