15:32 / 02.06.2023
97

Ma’sum nigohlar quvonchga to‘lsin!

Ma’sum nigohlar quvonchga to‘lsin!
Hech bir bola bemor bo‘lmasin, ularning joni zarracha ozorlanmasin. Ammo hayotda turli omillar sabab tug‘ma xastaliklar bilan tug‘ilayotgan go‘daklar ham bor.
 
Muhammadsodiq ham mana 6 yildirki tug‘ma yurak xastaligi bilan kurashib kelmoqda. Bolajonning ma’yus nigohiga termulgan har qanday inson, uni darddan butunlay forig‘ bo‘lib, tengdoshlari bilan sho‘x-shodon baxtli bolalik kechirishini so‘rashi, shubhasiz.  
Har yili dunyo bo‘ylab nishonlanadigan 1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayramining ham maqsadi shu, murg‘ak qalb egalarining bolaligini baxtiyor o‘tkazishiga ko‘maklashishdir.
Ana shu ezgu maqsad yo‘lida bugungi bayram munosabati bilan Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari ham ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarga bayram sovg‘alarini ulashdi.
Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan bolalar ham xursand bo‘lib o‘zlarining minnatdorchiligini bildirishdi. Ularning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib dillari shod bo‘lgan xodimlar bunday xayrli ishlarda bardavom bo‘lishni maqsad qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’sum nigohlar quvonchga to‘lsin!
ePN