
Toshkentda 3 iyun Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan velomarafon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 4 iyun kuni soat 8:00 dan 11:00 ga qadar bir necha ko‘chalar yopiladi:
- Abay ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasigacha;
- Olmazor ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasidan «O‘zbekiston» metro bekatigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi «O‘zbekiston» metro bekatidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Nukus ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi, deyiladi poytaxt hokimligi murojaatida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar