16:00 / 04.06.2023
237

YPXdan qochgan Orlando haydovchi svetoforda turgan mashinani urib, yo‘lida davom etdi (video)

YPXdan qochgan Orlando haydovchi svetoforda turgan mashinani urib, yo‘lida davom etdi (video)
Foto: Videodan kadr
Toshkentda YPX mashinasidan qochgan Orlando boshqa mashinaga urilib, ag‘darilib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
 
Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 4 iyun kuni soat 02:05 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek—Mustaqillik shohko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan K.U. (2005 yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Orlando hushtak va jezl yordamida to‘xtatilganida, to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan. Haydovchining xatti-harakati xodimlarda shubha uyg‘otgani sababli orqasidan xizmat avtomashinasida kuzatib borilgan.
 
YPX inspektori haydovchini zararsizlantirish maqsadida, holat bo‘yicha aloqa vositasi orqali keyingi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektoriga xabar bergan. YPX inspektori avtomashinalarni harakatini cheklash maqsadida harakatni yopib turgan vaqtida, Orlando haydovchisi Lacetti to‘xtab turganida, qasddan oraliq masofani saqlamasdan orqa qismiga borib urilgan. Chorrahadagi YPX inspektoriga xavf tug‘dirib qonuniy to‘xtash ishorasiga ham bo‘ysunmasdan, YTH sodir bo‘lgan voqea joyidan qochib ketib, harakatni davom etirgan.
Orlando haydovchisi harakat davomida YPX inspektorlariga bo‘ysunmasdan, svetaforning taqiqlovchi ishoralariga amal qilmasdan harakatlangan va bir necha marta xodimlarning qonuniy to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan va avariyaviy xavfli holat qilib o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti xizmat avtomashinasi yo‘nalishiga xalaqit berib to‘qnashgan.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda YPX mashinasiga jiddiy zarar yetgani, Orlando ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPXdan qochgan Orlando haydovchi svetoforda turgan mashinani urib, yo‘lida davom etdi (video)
ePN