21:04 / 04.06.2023
192

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas daraga ag‘darilib ketdi (video)

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas daraga ag‘darilib ketdi (video)
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas daraga ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
 
Unga ko‘ra, holat 4 iyun kuni soat taxminan 07:20 larda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Kattao‘ra” MFY Kon qishlog‘i hududi Maydanak va Qiziltepa yo‘nalishining 38 kilometrida sodir bo‘lgan. Harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraga ag‘darilib ketgan.
 
Natijada avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlar bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan. Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borib, qutqaruv ishlarni amalga oshirgan.
 
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1665370987012018182?s=20]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas daraga ag‘darilib ketdi (video)
ePN