
"Al jabr val Muqobala" asarining muallifi, matematika fanining dohiylaridan biri bo‘lgan Muhammad ibn Muso Xorazmiyning oldiga shogirdlaridan biri kelib, uylanmoqchi ekanini aytibdi.
— Qanday qiz tanlasam ma’qul?! - deb so‘rabdi.
Shunda Xorazmiy:
— Dini uchun birni qo‘yasan;
- Husnli bo‘lsa birning yoniga sifr, ya’ni nol qo‘yasan. 10 bo‘ladi!
- Agar nasabli bo‘lsa yana bitta sifr qo‘yasan, 100 bo‘ladi!
- Agar mol-u davlatli bo‘lsa yana bitta sifr qo‘yasan, 1000 bo‘ladi!
Agar 1000ning boshidagi bir sonini olib qo‘ysang, qolgan nollar hech narsani ifoda qilmaydi.
DЕMAK, SЕN DINDORINI TANLA!, deb javob beribdi.
Qarang qanday go‘zal hikmat! Biz yashashni g‘arbning behayolik ustiga qurilgan madaniyatidan emas, o‘zimizning ulug‘ ajdodlarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak.
Al JabrMuhammad Ibn MusoMatematik HikmatDin TanlashHusnli QizMadaniyat O‘rganish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar