
Foto: IIV axborot xizmati
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida iste’molga yaroqsiz go‘sht saqlab kelganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ushbu holatlar viloyat IIB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi va Qorako‘l tumani IIB xodimlari hamkorligida tuman hududida olib borilgan tadbir davomida aniqlangan. “Shakarchi” mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan R.A. ismli shaxs tomonidan 205 kg hamda “Darg‘ali” mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan T.A. ismli shaxs tomonidan 153 kg qo‘lbola usulda tayyorlangan muzlatgichda kelib chiqishi noma’lum hayvonga mansub bo‘lgan go‘sht saqlanib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Holat bo‘yicha viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi veterinariya-sanitariya ekspertiza, mikrobiologiya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasining tegishli xulosasiga ko‘ra ushbu go‘sht va go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar