18:41 / 05.06.2023
201

Samarqandda YPX xodimlarini haqorat qilgan tiktokerga chora ko‘rildi

Samarqandda YPX xodimlarini haqorat qilgan tiktokerga chora ko‘rildi
Kadr: Telegram
Samarqandda YPX xodimlarini haqorat qilib, holatni TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylagan qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, 4 iyun kuni noma’lum fuqaro transport vositasini boshqarish davomida qo‘l telefonidan foydalanib, YPX xodimlariga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatgan. U o‘zining huquqbuzarlik sodir etayotganini aytib, unga nisbatan chora ko‘rishlariga chorlovchi videolavhani tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
 
GAI akalar, bizni ko‘rib turibsizlarmi? Ushlanglar meni, “01”man, olti bokal pivo ichganman”, — deydi qoidabuzar.
 
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro topilib, sodir etgan huquqbuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
 
Haydovchiga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.
 
YPX xodimlari haqida ozgina noto‘g‘ri gapirib qo‘ygandim. Aybimga to‘liq iqrorman. O‘zboshimchalik bilan mashinamning to‘rtta oynasini “tonirovka” qildirgan edim. Ayb o‘zimdan o‘tdi, tan olaman. Buning uchun barcha YPX xodimlaridan, Samarqand ichki ishlar organlaridan va patrul xodimlaridan uzr so‘rayman”, — deydi haydovchi.
 
Aniqlanishicha, ushbu haydovchi 2023 yil boshidan beri transport vositasini boshqarib 18 marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda YPX xodimlarini haqorat qilgan tiktokerga chora ko‘rildi
ePN