
Aliment bu – ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish majburiyati hisoblanadi.
Aliment to‘lovlari, avvalo, bolalarning ta’limi, sifatli ovqatlanishi, ruhan sog‘lom va barkamol ulg‘ayishiga xizmat qilishi qonunda belgilab qo‘yilgan.
Lekin, shunday otalar borki, sud qarori bilan belgilangan aliment to‘lovlarini turli sabablarga ko‘ra yoxud sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishmay, qasddan to‘lamay keladi. Ammo, bunday harakat ya’ni harakatsizlik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Misol uchun, Byuroning Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari buyicha Nukus tumanlararo sudining 26.06.2020 yil ijro hujjatiga asosan qarzdor B.U.dan undiruvchi G.Orazimbetovaning foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun 1/3 miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor tomonidan aliment nafaqasi ikki oydan ortiq vaqt davomida to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim tomonidan unga nisbatan ma’muriy ish ko‘zg‘atilib, sudga yuborilgan va sud tomonidan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Shundan keyin xulosa chiqargan qarzdor ota tomonidan alimentdan bo‘lgan 37,7 mln. so‘mlik qarzdorlik to‘liq to‘lanib undiruvchining plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.
Aliment TaqsimotiSud QaroriNafaqa To‘lovlariMajburiy IjroQarzdor OtaXulosa Chiqish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing