10:39 / 07.06.2023
157

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7—9 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari Italiya prezidenti Serjo Mattarella va bosh vazir Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.
 
O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
 
Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunyuy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
 
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida bo‘lib o‘tadi – O‘zbekiston prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi
ePN