
Kiji saroyidagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi.
Yetakchilar huzurida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 10 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘ldi. Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim, huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi o‘rtasida restavratsiya sohasida, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026 yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar