
Moliyaviy holatini vaj qilib, oylik ish haqlarini to‘lashni paysalga solib kelgan tashkilotdan xodimlarning ish haqlari to‘liq undirildi.
Bugungi kunda davlat ijrochilari tomonidan ishga tiklash, ish haqlarini undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro xujjatlari yuzasidan oy boshidan 26 nafar fuqarolarga 299,1 mln so‘mlik to‘lanmagan ish haqlari undirib berilgan.
Shuningdek, ish yurituvdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining tegishli qaroriga asosan qarzdor “Sanitar tozalash Respublika birlashmasi”dan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, 11 nafar xodimning 27,5 mln so‘mlik ish haqlari undirib berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar