
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Chorvoq" turistik-rekratsion zonasi hududidagi ayrim uchastkalar savdoga qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi 13 ta yer uchastkasi e-auksion.uz elektron platformasi orqali savdoga qo‘yilgan. Ularning boshlang‘ich narxlari 457 mlndan 9,9 mlrdgacha baholangan.
Lot-1 3,3 mlrd so‘mdan;
Lot-5 9,9 mlrd so‘mdan;
Lot-6 5,5 mlrd so‘mdan;
Lot-7 6,5 mlrd so‘mdan;
Lot-8 5,3 mlrd so‘mdan;
Lot-9 3,9 mlrd so‘mdan;
Lot-10 3,9 mlrd so‘mdan;
Lot-12 685 mln so‘mdan;
Lot-14 2,9 mlrd so‘mdan;
Lot-16 457 mln so‘mdan;
Lot-17 1,2 mlrd so‘mdan;
Lot-18 1,5 mlrd so‘mdan;
Lot-20 775 mln so‘mdan.
Har bir ajratilgan yer uchastkasida obyektlarni qurish muddatlariga oid talablar keltirilgan.
Ularda asosan zamonaviy tabiat bilan uyg‘un holda piknik zona, ommaviy dam olish joylari, kemping tashkil etish, shuningdek jahon standartlariga mos sog‘lomlahtirish maskani, dam oluvchilar uchun saylgohlar (yashil zona) tashkil etish nazarda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar