20:46 / 13.06.2023
317

Imtiyozli kreditlardan to‘g‘ri foydalanaylik!

Imtiyozli kreditlardan to‘g‘ri foydalanaylik!
Davlatimiz tomonidan fuqarolarga bir qator qulayliklar yaratish maqsadida imtiyozli kreditlar olishlari uchun ham sharoitlar yaratib berilmoqda.
 
Biroq, hozirgi kunda ayrim fuqarolar banklardan imtiyozli kreditlar olib, sun’iy ravishda o‘z vaqtda to‘lovlarni amalga oshirmayaptilar va bunday holatlar ko‘plab uchramoqda.
 
Jumladan, Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi U.Tojiyev ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor O.Madaliyevdan undiruvchi ATB “Kapital bank" foydasiga jami 132 mln. 831 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 10.04.2023 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi talablariga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida, qarzdor hisobidan bank foydasiga qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar amalda ijro etildi va ijro ishi belgilangan tartibda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Imtiyozli kreditlardan to‘g‘ri foydalanaylik!
ePN