12:30 / 14.06.2023
117

Xorazmda 1,3 mlrd so‘m talab qilgan yo‘l qurilish tashkiloti bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Xorazmda 1,3 mlrd so‘m talab qilgan yo‘l qurilish tashkiloti bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
 
“Xorazm yo‘l qurilish” MCHJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr yer maydoniga hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan, asfalt yotqizib berish evaziga korxona rahbaridan 1 mlrd 306 mln so‘m talab qilib, shundan 48 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
 
Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining Xiva tuman filiali xodimi o‘zining qaynotasi nomida bo‘lgan 4000 kvadrat metr yer maydoni 2021 yilda xaridorga notarial tartibda sotilganligini bila turib, go‘yoki ushbu yer maydonida uning ham ulushi bo‘lganligini ro‘kach qilish orqali, yerni sotib olgan fuqarodan o‘z ulushi sifatida 60 ming AQSH dollar talab qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni tanishi orqali olgan vaqtida ushlandi.
 
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda 1,3 mlrd so‘m talab qilgan yo‘l qurilish tashkiloti bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi
ePN