11:30 / 15.06.2023
79

AQSH, Kanada va Polshaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

AQSH, Kanada va Polshaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqdaryo tumanida yashovchi shaxs tanishlari orqali Tayloq tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni “O‘zbekiston – Ispaniya – Meksika – AQSH” yo‘nalishida Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 44 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 40 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
 
DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi shaxs G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Kanada davlatiga ishga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 7,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1669225846761193475?s=20]
Boshqa holatda esa Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Polsha davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 5100 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
 
DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Boysun tumanida yashovchi shaxs Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Kanada davlatiga ishga yuborish evaziga 138 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
 
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH, Kanada va Polshaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi
ePN