13:30 / 15.06.2023
150

Toshkentdagi dorixonalarda qalbaki dori sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi dorixonalarda qalbaki dori sotilayotgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent shahridagi dorixonalarda qalbaki dori vositasi sotilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Tulyaganova xabar berdi.
 
Aytilishicha, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalari yuzasidan xat kelib tushgan.
 
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi ayrim dorixonalardan xarid qilingan 'Neyromidin' (seriya 40220, yaroqlilik muddati 02.2025, AO 'Olaynfarm') qalbakilashtirilgan dori vositasi ekanligi aniqlangan. Ushbu dori vositasining muomalasiga chek qo‘yish maqsadida, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasi zudlik bilan muomaladan chiqarilishi hamda dori vositalarining inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda yo‘q qilinishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi”, — deydi Sevara Tulyaganova.
 
Agentlik mas’ullari tadbirkorlarga murojaat qilib, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy va jinoiy javobgarliklar bilan bir qatorda litsenziya talab va shartlarining qo‘pol buzilish holati deb baholanishini, bu litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘lishini eslatgan.
 
Sizlardan ushbu huquqbuzarlik holatiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz”, — deydi agentlik mas’uli tadbirkorlarga murojaat yo‘llar ekan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi dorixonalarda qalbaki dori sotilayotgani ma’lum bo‘ldi
ePN