
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Ruminiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Kristian Chobanu va bosh konsuli Luminita Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish, fuqarolarni ushbu davlatga qurilish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga qonuniy hamda tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Ruminiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini ish faoliyati davomida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar