18:08 / 17.06.2023
86

Farzandlar onasi tarbiyasiga olib berildi

Farzandlar onasi tarbiyasiga olib berildi
Mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi bilamiz.
Kurrai-zaminimiz ahli hayoti betarbiya o‘sgan bola nafaqat ota-ona yoki ustoz-murabbiysi, balki chor-atrofdagilar, qolaversa butun jamiyat uchun ham kulfat, tashvishu-nadomat manbai ekanligini allaqachon anglab yetgan.
Azim xivalik Qo‘shnazarovlarning (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) 2009 yilda to‘y-tomoshalar bilan boshlangan oilaviy turmushi mo‘rt va omonat bo‘lib  chiqdi. Elat kadxudolari o‘rtada farzand tug‘ilsa, har qanday noahil oila ham o‘z-o‘zidan tinchiydi, bola – er-xotin o‘rtasidagi ko‘prik, deya naql  qilishdi. Yo‘q. Bu hol Qo‘shnazarovlar oilasida farzand tug‘ilganidan so‘ng ham kuzatilmadi. 2010 va 2018 yillarda dunyoga kelgan Husniyaxon va Temurbek ota-ona orasidagi jarlikka ko‘prik bo‘la olishmadi. Oila tanazzul yo‘lidan bordi. Deyarli besabab boshlangan va izi uzilmay davom etgan talashuv-tortishuvlar avj pallaga ko‘tarildi.
 
Gulchehra bu uyda ortiq qololmadi. Deyarli zimistonga aylangan uyini tark etdi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ota-onasi xonadonidan panoh topdi. Qizi va o‘g‘li erining qo‘lida qoldi. Ona otasi uyiga qaytgach ham tinch o‘tirolmadi. Murg‘ak farzandlarini sog‘indi, dilbandlari taqdirini o‘ylab, kunlarni behalovat, tunlarni bedor o‘tkazdi. Ota uyiga qaytganidan so‘ng farzandlarini o‘z tarbiyasiga olish yuzasidan sudga ariza berdi.
 
Qonunchiligimizda  bolaning hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Sud farzandlarni onasi tarbiyasiga olib berish yuzasidan qaror chiqardi. Qaror ijroga qaratilgach, Majburiy ijro byurosining Xiva shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
 
9 iyun kuni ertalab Gulchehra davlat ijrochisi, mutaxassis, profilaktika inspektori va mahalla faollari hamrohligida  o‘zi turmush kechirgan uyga kirib keldi. Xonadon egalari bo‘lmish Qo‘shnazarovlar chaqirilmagan mehmonlarni xushlamay qabul qildi. Davlat ijrochisi va faollar taraflarga murosa yo‘lini taklif etdi. Ijro hujjati bo‘yicha javobgar otaga huquq va majburiyatlari tushuntirilgach, javobgarlik hissini anglab yetgan ota farzandlarini onasi qo‘liga topshirdi.
 
Ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi. Biroq, ikki nafar farzandlar tarbiyasi yolg‘iz onaning gardanida qoldi. O‘z navbatida ota ham o‘zining otalik mas’uliyatini anglab yetishiga, farzandlari tarbiyasida ota alohida o‘rin tutishini tushunib yetishiga umid qilib qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandlar onasi tarbiyasiga olib berildi
ePN