08:47 / 20.06.2023
80

Poliklinikalarda tibbiy psixolog shtati joriy etiladi

Poliklinikalarda tibbiy psixolog shtati joriy etiladi
Prezident "Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
 
2023 yil 1 avgustdan boshlab:
  • tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo‘linmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan – tibbiy psixolog;
  • statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;
  • statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – amaldagi shtatlar doirasida qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari joriy etiladi.
Birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida 2023 yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam ko‘rsatish bo‘yicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinadi:
  • ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inining o‘zida erta aniqlash va davolash choralarini ko‘rish;
  • birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilarda o‘zini o‘zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish bo‘yicha maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlarini (Social Emotional Learning, SEL) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida yo‘lga qo‘yadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poliklinikalarda tibbiy psixolog shtati joriy etiladi
ePN