18:10 / 20.06.2023
114

Fuqarolar muammosi - Sayyor qabul – Yechim

Fuqarolar muammosi - Sayyor qabul – Yechim
Inson qadri oliy darajasiga ko‘tarilgan yurtda, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi davlat organlari rahbar va xodimlarining faoliyatining pirovardiga aylanib ulgurdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Davlat organlari ishonch telefonlari hamda sayyor qabullari orqali kelayotgan murojaatlardagi muammolarini hal etish, kutilgan natijani bermoqda.
Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga kelib tushayotgan murojaatlarga yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 5 599 ta murojaat kelib tushib, shundan 3 178 tasi ko‘rib chiqilgan, xususan, 1 684 ta murojaat qanoatlantirilgan, 1 494 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan va 5 tasi tegishliligi bo‘yicha mazmunan hal etish uchun boshqa tashkilot va muassasalarga yuborilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish mobaynida 1 512 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarining ijrosini ta’minlash va ijobiy hal etish, shu orqali aholining roziligiga erishish maqsadida Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i hududlarda reja-grafik asosida joylarda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
 
Jumladan, Sayyor qabulda M.Abduvaliyevaning sud qaroriga asosan sobiq turmush o‘rtog‘i A.Mamatqulovdan 24.01.2023 yilda tug‘ilgan D.Abdug‘affarov ismli farzandini uning tarbiyasiga olib berish yuzasidan qilgan murojaati o‘rganish davomida onasi bag‘riga qaytarildi.
Bundan Ijro ishlari doirasida qarzdorligini undirish yuzasidan murojaatchilarning arizalari nazoratga olinib, qanoatlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Aholining ertangi kunga ishonchi ortishi va bugundan rozilik hissi bilan yashashini ta’minlashda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yuzma-yuz muloqotlarning samarasi bo‘lakcha. Zero, xar bir murojaat ortida bir inson taqdiri yotganligini unutmaslik lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolar muammosi - Sayyor qabul – Yechim
ePN