
Tarmoqda prokurorning mahalla raislarini so‘kkani audiosi tarqaldi. Unda soliq tushumlarini bajarmagan mahalla raislari kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilinganini eshitish mumkin. Audio katta ehtimol bilan 31 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yozib olingan.
Surxondaryo viloyati prokuraturasi holat yuzasidan bayonot berdi.
20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bandixon tumani prokurori S.Maxmanovga tegishliligi ta’kidlanib, tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda, deyiladi bayonotda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar