00:31 / 21.06.2023
517

Toshkent viloyatida qizlarni fohishalik uchun sotib yuborayotgan ayollar ushlandi

Toshkent viloyatida qizlarni fohishalik uchun sotib yuborayotgan ayollar ushlandi
Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qizlarni fohishalik uchun sotib yuborayotgan ayollar ushlandi.
 
Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi va IIV tezkor xodimlari tomonidan odam savdosi bilan bog‘liq ikki holatga chek qo‘yildi. Tadbir davomida Andijon viloyatida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Guli ismli qiz ikki ayolga ish topib berishni va’da qilgani aniqlandi. U qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida Turkiyaga jo‘natayotgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlandi.
 
Shu kabi viloyat IIBB tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 1985 yilda tug‘ilgan ayol Ohangaronda yashovchi 2 nafar 23 yoshli ayolni fohishalik qilishi uchun BAAga jo‘natayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi.
 
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1671237727122247680?s=20]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida qizlarni fohishalik uchun sotib yuborayotgan ayollar ushlandi
ePN