date
views 116

1 iyuldan tadbirkorlarga maslahat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

1 iyuldan tadbirkorlarga maslahat xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan «Tadbirkorlarga maslahat» tamoyili asosidagi xizmat joriy yilning 1 iyul sanasidan yo‘lga qo‘yiladi.
 
Bunda haftaning dushanba va payshanba kunlari tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan yordamlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va kengaytirish to‘g‘risidagi turli mavzular bo‘yicha onlayn tarzda maslahat beriladi.
 
Qayd etilishicha, ushbu maslahatlar bo‘yicha barcha majburiyatni bajarish jamg‘arma majburiyatida emas.
 
Tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring va tahlil qilish hamda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish joriy etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 iyuldan tadbirkorlarga maslahat xizmati yo‘lga qo‘yiladi